foto1
foto1
foto1
foto1
foto1
Get Adobe Flash player

 

Andijon davlat tibbiyot instituti sobiq talabalari orasidan yetishib chiqqan akademiklar

Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan  jarrohlik  ilmiy-amaliy markazi  direktori, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi,  tibbiyot fanlari doktori, professor Feruz G‘ofurovich Nazirov

Andijon davlat tibbiyot instituti sobiq talabasi, akademik Nazirov Feruz Gofurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. Akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya  markazi direktori. O’zbekiston fanlar akademiyasining akademigi.

         1998-2009- yillarda  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasida ishlagan. Nazirov F.G. bugungi kunda 550 dan ortiq tibbiyotning eng dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy maqolalari, 5 ta monografiyasi va 11 ta mualliflik ixtirosi chop etilgan. Nazirov F. G. rahbarligi ostida 15 ta doktorlik va 13 ta  nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Nazirov F.G. ko‘plab chet el tibbiyot jurnallarining redaktsion kollegiyasi a’zosidir. U ko‘p yillar davomida O‘zbekiston hamda Rossiya, N.I.Pirogov nomidagi xirurglar assotsiatsiyasining haqiqiy aʻzosi. Rossiya va MDH gepatologlari assotsiatsiyasining vitse-prezidenti. 2003-yilda Avstriyada bo‘lib o‘tgan Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti qo‘mitasi yig‘ilishida regional bo‘limining aʻzosi etib saylangan.

 

 1997-yilda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi faxriy unvoni bilan taqdirlangan. 2005-yilda Moskva shahrida N.I.Pirogov nomidagi oltin medal bilan, 2016-yil O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.

Rossiya Xirurgiya markazi bo‘lim boshlig‘i, RMFA akademigi, tibbiyot fanlari doktori, professor, Davlat mukofoti laureati  Rinat Sulaymonovich Akchurin

Andijon davlat tibbiyot instituti sobiq talabasi akademik Renat Sulaymonovich Akchurin, tibbiyot fanlari doktori, professor – kardiojarroh. 1997-yildan Rossiya meditsina fanlari akademiyasi akademigi (RAMN) va 2011 – yildan Rossiya fanlar akademiyasi akademigi, 1997-yildan Boshqirdiston Respublikasi fanlar akademiyasi akademigi, 1998-yildan Tatariston Respublikasi fanlar akademiyasi faxriy a’zosi, A.L.Myasnikov nomli Rossiya klinik kardiologiya instituti kardiologiya ilmiy-ishlab chiqarish markazi, yurak-qon tomir jarrohligi bo‘limi rahbari.

 

1982-yilda davlat mukofoti lauriyati, 2001-yilda Rossiya Federatsiyasi davlat mukofoti lauriyati, 1996-yilda “Hurmat ordeni”, 1997-yilda III darajali Burgut Jamoatchilik ordeni, 1998-yilda Pol Xarris nomidagi xalqaro ordeni hamda 2000-yilda Peru davlatining Kamondor   ordenlari bilan mukofotlangan.

Rossiya Epidemiologiya ilmiy- tekshirish instituti direktori o‘rinbosari, RMFA akademigi, tibbiyot fanlari doktori, professor Vitaliy Vasilevich Maleyev

Andijon davlat tibbiyot instituti sobiq talabasi, akademik Maliyev Viktor Vasilevich, tibbiyot fanlari doktori, professor – Rossiya Epidemiologiya ilmiy tekshirish instituti direktor o’rinbosari, 2002-yildan Rossiya miditsina fanlar akademiyasi akademigi, 2013-yildan Rossiya fanlar akademiyasi akademigi.

 

         Fan-texnika sohasidagi yutuqlari uchun 1995-yilda Rossiya Federatsiyasi Hukumat mukofoti va 1997-yilda  Rossiya Federatsiyasi davlat mukofoti lauriyati, 1995-yilda “Do’stlik” ordeni, 2015-yilda “Hurmat” ordeni bilan mukofotlangan. Hozirgi Rossiyaning top – 100 kishisi ro’yhatiga kiritilgan.

Andijon davlat tibbiyot instituti sobiq talabalari orasidan yetishib chiqqan sog‘liqni saqlash vazirlari va vazir o‘rinbosarlari

Feruz G‘ofurovich Nazirov 1998-2009- yillarda  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasida ishlagan.

Andijon davlat tibbiyot instituti sobiq talabasi, akademik Nazirov Feruz Gofurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. Akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya  markazi direktori. O’zbekiston fanlar akademiyasining akademigi.

         1998-2009- yillarda  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasida ishlagan. Nazirov F.G. bugungi kunda 550 dan ortiq tibbiyotning eng dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy maqolalari, 5 ta monografiyasi va 11 ta mualliflik ixtirosi chop etilgan. Nazirov F. G. rahbarligi ostida 15 ta doktorlik va 13 ta  nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Nazirov F.G. ko‘plab chet el tibbiyot jurnallarining redaktsion kollegiyasi a’zosidir. U ko‘p yillar davomida O‘zbekiston hamda Rossiya, N.I.Pirogov nomidagi xirurglar assotsiatsiyasining haqiqiy aʻzosi. Rossiya va MDH gepatologlari assotsiatsiyasining vitse-prezidenti. 2003-yilda Avstriyada bo‘lib o‘tgan Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti qo‘mitasi yig‘ilishida regional bo‘limining aʻzosi etib saylangan.

1997-yilda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi faxriy unvoni bilan taqdirlangan. 2005-yilda Moskva shahrida N.I.Pirogov

 

nomidagi oltin medal bilan, 2016-yil O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan

Shadmanov Alisher Qayumovich 2017-yilning fevral oyidan buyon O‘zbekiston Respublikasi  Sog‘liqni saqlash vaziri.

Tibbiyot fanlari doktori, professor. Shadmanov Alisher Qayumovich 1962-yil 10-mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

1985-1987- yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti urologiya mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinatori.

1987-1990-yillarda Moskva malaka oshirish instituti urologiya kafedrasi aspiranti.

1990-1993-yillarda Andijon davlat tibbiyot institutining Jarrohlik fakulteti kafedrasi urologiya kursi assistenti, davolash fakulteti dekani o‘rinbosari.

1993-1996-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi bosh shifokori.

1996-2000-yillarda Andijon shahar tibbiyot birlashmasi boshlig’i.

2000-2004-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektori.

2004-2009-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti pediatriya fakulteti dekani.

2009-2010-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori

2010-2015-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori.

2016-2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik Palatasi deputati.

 

2017-yilning fevral oyidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Pochta

Taqvim

<< < Декабрь 2018 > >>
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
          1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 26 27 28 29 30
31            

ADTI

Mening fikrim

Hozir saytda

Сейчас 20 гостей и ни одного зарегистрированного пользователя на сайте

  • 22.jpg
  • 33.jpg
  • 44.jpg
  • 55.jpg
  • 66.jpg
  • 111.jpg